XUSH KELIBSIZ

Subtitle

Retseptlar

CHEBUREKI

Posted by Banu on April 28, 2012 at 6:10 PM


Masalliqlar:

  • 4-5 piyola un
  • 8 st/l (TBSP) salat yog'i
  • tuz 2 chimdim
  • shakar 1 ch/q (tsp)
  • suv  1.5 piyola

Qiyma uchun:

  • 500 gr qiymalangan go'sht
  • sut 0.5 piyola
  • piyoz 1-2 ta
  • tuz, muruch
  • xohishga ko'ra ko'katlar

Tayyorlanishi:

     Tuz va shakarmi suvda aralashtirib yuboriladi.

     Unni tog'orachaga solib ustiga suv, yog' solib xamir qilinadi. 1soatga xolodilnikka tindirishga qo'yiladi.

    Shu vaqt mobaynida qiyma tayyorlanadi. Qiymalangan go'shtga mayda to'g'ralgan piyoz qo'shib, tuz muruchni ta'bga qarab solib aralashtiriladi.ozgina sut qo'shib aralashtirib yuboriladi.

     Xamir tingach, yoki kichkina kichkina koptokchalar yasab har birini yoyib qiyma solib tugish mumkin, yoki katta qilib yoyib 2-3 mm qalinlikda, to'rtburchak qilib pichoqda kesib chiqiladi. Har bir  to'rtburchak ichiga qiyma solib yopishtiriladi. 

 

      Chetlaridagi ortiqcha hamirni burandada kesib olinadi. 

   Qozonda qizigan yog'da, o'rta olovda qizarguncha qovurib olinadi.

Yoqimli ishtaha:

Categories: Side dishes, Russian

Post a Comment

Oops!

Oops, you forgot something.

Oops!

The words you entered did not match the given text. Please try again.

Already a member? Sign In

0 Comments